11 aprelda Ekvador va Afrikaning ikki davlati – Çad va Beninda prezident saylovlari bölib ötadi.  

Ekvadordagi saylovlar 

Ekvadorda prezident saylovlarining 2-bosqiçi bölib ötadi. 13 mlndan köproq ekvadorliklar saylov uçastkalariga kelib, 1-bosqiç ğoliblari – «Umid uçun ittifoq» koalitsiyasi nomzodi Andres Araus va sobiq bankir, «KReO harakati» vakili Gilermo Lassodan birini tanlaşi kerak böladi.

Eng köp ovoz töplagan nomzod mamlakatning yangi prezidenti böladi va 24 maydan öz lavozimini bajarişga kirişadi. Ekvador prezidenti 4 yillik muddatga saylanadi. 

Jamoatçilik fikrini örganiş böyiça ötkazilgan sörovnomalar natijalarining körsatişiça, birorta nomzod 2-bosqiçning yaqqol favoriti hisoblanmaydi.  

Saylovlarning 7 fevralda ötgan 1-bosqiçida Araus 37,7 foiz ovoz bilan ğalaba qozongan. 

Mamlakatning amaldagi prezidenti Lenin Moreno saylovlarda iştirok etmaslikka qaror qilgan.

Benindagi saylovlar 

Afrikaning Benin davlatida ham 11 aprel kuni prezident saylovlari bölib ötadi. Saylovlar avvalroq hukumatga qarşi ötgan namoyişlar ortida tarang muhitda ötişi kutilmoqda. 

Prezident saylovlarida 3 nomzod, jumladan, amaldagi prezident Patris Talon iştirok etadi. 62 yoşli Talon ikkinçi muddatga qayta saylanişi mumkin. Uning özi saylovlarning 1-bosqiçidayoq ğalaba qozonişiga işonmoqda.  

Talonga parlamentning sobiq deputatlari — Alassana Sumanu va Korentin Koxue raqobatçilik qiladi. 

Ta'kidlab ötiş joiz, 2016 yilda hokimiyat tepasiga kelgan Talon mamlakatda bir qator yirik iqtisodiy islohotlarni amalga oşirgan. Ular Afrika davlatida işbilarmonlik iqlimi yaxşilanişiga va davlat moliyasi jipslaşuviga olib kelgan.  

Agar nomzodlardan birortasi 50 foizdan köproq ovoz töplay olmasa, unda saylovlarning 2-bosqiçi bölib ötadi. 

Benin dunyoning eng noçor davlatlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatning 38 foiz aholisi noçorlikda hayot keçiradi. Mamlakat iqtisodiyotining asosiy tarmoği qişloq xöjaligi va birinçi navbatda paxta yetiştiriş hisoblanadi.