Qurollangan odamlar juma kuni Niger ştatining Papiri şahridagi Avliyo Mariya katolik maktabiga bostirib kirib, bolalar va öqituvçilarni öğirlab ketgan. Nigeriya xristian uyuşmasi ma’lumotlariga köra, 303 nafar bola va maktabning 12 nafar xodimi (tört ayol va sakkiz erkak) öğirlab ketilgan.

Avvalroq 215 nafar bola va 12 nafar öqituvçi öğirlangani ma’lum qilingandi, biroq keyinroq Kontagora yeparxiyasi yepiskopi yangilangan ma’lumotlarni ma’lum qildi.

«Papiridagi maktabdan qaytganimizdan söng, qönğiroq qilib, qöşimça ma’lumot söradik, ma’lum bölişiça, yana 88 nafar öquvçi qoçişga urinişdan keyin qölga olingan», – dedi u.

Maktab öquvçilarining deyarli yarmi öğirlangan – bu yerda jami 629 nafar öğil va qiz öquvçi tahsil olib kelgan.

Kebbi şahridagi maktabning qizlar yotoqxonasida öğirlikdan keyingi manzara
Africa Independent Television via Reuters

Politsiya ma’lumotlariga köra, qurollangan şaxslar juma kuni mahalliy vaqt bilan soat 02:00 atrofida Avliyo Mariya maktabiga bostirib kirgan va yotoqxonadan öquvçilarni öğirlab ketgan. Xavfsizlik kuçlari «öğirlangan öquvçilarni topiş uçun örmonlarni tintuv qilmoqda».

Nigeriya prezidenti Bola Tinubuning xorijiy safarlari, jumladan, Janubiy Afrikada bölib ötayotgan G20 sammiti ham mamlakatdagi xavfsizlik muammolarini hal qiliş uçun qoldirildi.

Ayni paytda bedarak yöqolganlarning yaqinlari yangilik kutmoqda.

«Men şunçaki ularning uyga qaytişini xohlayman», – deydi BBC muxbiriga olti va ön uç yoşli jiyanlari öğirlab ketilgan ayol yiğlagan holda.

«Hamma holdan toydi... bu hammani şokka tuşirdi», – deydi mahalliy aholi vakillaridan biri Dominik Adam naşrga. Uning qizlari ham Avliyo Mariya maktabida öqiydi, lekin tasodif tufayli qutulib qolişgan. «Odamlar mamlakatimizdagi xavfsizlik holatidan nolimoqda», – dedi u.

Niger ştati rasmiylari hujum xavfi yuqori ekani haqida razvedka ma’lumotlarini olingaç, barça maktab-internatlarni yopiş töğrisida berilgan buyruq uşbu maktab rahbariyati tomonidan e’tiborsiz qoldirilgan.