Çadni 1990 yildan buyon boşqarib kelgan prezident Idris Debi Itno isyonçilarga qarşi jang vaqtida olgan tan jarohati tufayli 68 yoşida vafot etdi. Bu haqda Associated Press Çad armiyasi vakilining davlat televideniyesida bergan bayonotiga asoslangan holda xabar tarqatdi.

Le Figaro gazetasining yozişiça, uning ölimi haqida mamlakat qurolli kuçlari rasmiy vakili Azem Bermandoa Aguna ma'lum qilgan. Uning sözlariga köra, prezident «mamlakat hududiy yaxlitligini himoya qiliş uçun jonini bergan».

AFP naşrining yozişiça, yakşanba kuni prezident Liviya tomondan bostirib kirgan ayirmaçilarga qarşi harbiy harakatlarda armiyaga boşçilik qilgandi. Şimoldan hujum 11 aprel kuni, Çad prezidentligi saylovlari bölib ötgan kunda boşlangandi. Isyonçilar mamlakat içkarisi tomon yuzlab kilometr masofaga kirib kelib, poytaxt Ndjamenaga yaqinlaşgaç, Debi armiyaga qöşilgandi.

Markaziy saylov komissiyasi Idris Debi oltinçi marta prezidentlikka saylangani haqida e'lon qilişidan bir neça soat ötib harbiylar uning vafoti haqida ma'lum qilişdi. Saylovlarda uni saylovçilarning 79 foizdan ortiği qöllab-quvvatlagani ma'lum bölgan. Bu ğalaba unga yana olti yil davomida hokimiyatda qoliş imkonini bergan bölardi.

Keyingi 18 oy mobaynida mamlakatni boşqarib turadigan ötiş davri kengaşiga Idris Debining 37 yoşli öğli Maxamat rahbarlik qiladi.

  • Idris Debi Itno — Afrikadagi eng uzoq vaqt davomida rahbarlik qilib kelayotgan davlat rahbarlaridan edi. U 1990 yil dekabrida davlat töntarişi orqali hokimiyatga kelgandi. Uning boşqaruvi davrida muxolifat prezidentni qatağonlarda ayblagan. Reuters agentligi xabariga köra, 2018 yilda Debi konstitutsion islohot ötkazgan, bu özgartirişlar unga hokimiyatda 2033 yilga qadar böliş imkonini berardi. Ğarb davlatlari, şu jumladan, Fransiya Debini mintaqadagi radikal ekstremistik kuçlarga qarşi kuraşdagi ittifoqçi sifatida bilardi.