Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya nashri Putin va Trampning samolyotlarini taqqosladi
Britaniyaning Daily Mail nashri Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp 16 iyulda Xelsinkidagi uchrashuvga kelgani aytilayotgan samolyotlarni taqqosladi.
Jurnalistlarning yozishicha, Putinning Il-96 samolyoti Trampning modifikatsiyalangan Boeing 747-200B samolyotidan 500 mln dollar arzonroq turadi. Shuningdek, ikki samolyotning maksimal tezligi ham farqlanadi: Il-96’ning maksimal tezligi soatiga 900 kmni, Boeing’niki soatiga 1000 kmni tashkil qiladi. Shuningdek, Il-96 uzunligi 65 metrga, Boeing’niki 70 metrga teng.
Maqola mualliflari shunga qaramay, Putinning samolyoti Trampnikidan hashamatliroq ekanligini aytishgan. Putinning samolyotida sport zali, lyuks vanna hamda King-size o‘lchamidagi karavot bor. “Boingda” esa bunday sharoitlar yo‘q.
AQShning birinchi raqamli borti ancha soddaroq bo‘lib, unda ishchi xona, tovush o‘tmaydigan anjumanlar zali, oshxona, ovqatlanish joyi bor. Bularning barchasi Putinning samolyotida ham bor. Jurnalistlar Rossiyaning birinchi raqamli bortining hashamatli intereriga e'tibor qaratishgan – oq charmli kursilar va anjumanlar zalida o‘rnatilgan, qimmatbaho yog‘och turidan yasalgan stol.
Biroq haqiqatni aytganda, Rossiya va AQSh yetakchilarining samolyotlarini taqqoslash g‘oyasi britaniyalik jurnalistlarga emas, rossiyalik blogerga tegishli. Uning maqolasi 2015 yilda e'lon qilingan. Britaniyalik jurnalistlar esa bu maqolani inglizchaga tarjima qilib, yangilik sifatida taqdim qilishgan, xolos.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026