Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda bir kun ichida 3ta zilzila qayd etildi
22 iyul Eron g‘arbidagi Kirmanshoh viloyatida yuz bergan 5,9 magnitudali zilzila oqibatida kamida 128 kishi jabr ko‘rdi.
Viloyat gubernatori Xushang Bazvand jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatilganini ma'lum qilgan. Zilzila oqibatida mahalliy aholi uylariga shikast yetgan.
Avvalroq shu kun mamlakat janubidagi Xurmuzgan viloyatida 4,7 va 5,7 magnitudali ikkita yer silkinishi qayd qilingan. Mamlakatning favqulodda vaziyatlar xizmatlari boshlig‘i viloyatga 15 ta qutqaruvchilar guruhi jo‘natilganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
17:56
«Tramp sizning yagona ittifoqchingiz» – Vens ham Isroilni tanqid qildi
12:58
Toshkent AQSh va Eron o‘rtasidagi diplomatik yutuqni yuqori baholadi
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026