Jahon | 17:40 / 22.07.2018
13604
1 daqiqa o‘qiladi
Poroshenko Donbassdagi barcha shaharu qishloqlarda Ukraina bayrog‘i hilpirashiga va'da berdi
Ukraina prezidenti Petro Poroshenko o‘zining feysbukdagi sahifasida Donetsk va Lugansk viloyatlarining barcha shaharu qishloqlarida Ukraina bayrog‘i hilpirashini aytdi.
«Aminmanki, Ukrainaning ko‘k-sariq bayrog‘i Donetsk va Luganskdagi barcha shahar va qishloqlar uzra hilpiray boshlaydi», deya yozadi Poroshenko.
Avvalroq, Pooshenko Kiyev Donbassga BMT tinchlikparvar kuchlari kiritilishi bilan hududda saylovlarga tayyorgarlik ko‘rishni boshlashini aytgan edi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida Donbassda referendum o‘tkazish taklifini bergan edi. So‘nggi ma'lumotlarga qaraganda, bu taklif Amerika tomonidan qabul qilinmagan.
Mavzuga oid
15:20 / 30.10.2024
UQK generali Marchenko: Donbassdagi front «parchalandi»
15:50 / 29.10.2024
Rossiya armiyasi Donetsk oblastidagi Gornyak shahrini egalladi
22:49 / 15.08.2024
Ukraina Kurks operatsiyasi tufayli Donetsk frontidagi pozitsiyalaridan ayrilmoqda
18:36 / 04.05.2024