Okkupatsiya qilingan Donetsk şahridagi garnizon harbiy sudi Ukraina şarqida Rossiya tomonida jang qilgan va Sputnik agentligi xodimi bölgan AQŞ fuqarosi Rassel Bentlini öldiriş işi böyiça tört rossiyalik harbiyga hukm e’lon qildi. Bu haqda duşanba, 8 dekabr kuni Janubiy harbiy okrug sudi matbuot xizmati xabar berdi.

Rossiya armiyasi mayori Vitaliy Vansyatskiy va katta leytenant Andrey Iordanov qattiq tartibli koloniyada 12 yilga, kiçik serjant Vladislav Agalsev 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi, Vladimir Bajin esa 1,5 yilga koloniyaga hukm qilindi.

Vansyatskiy, Iordanov va Agalsev jabrlanuvçining ehtiyotsizlik ortidan ölimiga olib kelgan qiynoqlar bilan birga xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilişda aybdor deb topildi. Iordanovga qöşimça ravişda hibsdan qoçiş aybi ham yuklandi. Harbiylarning barçasi unvonlaridan mahrum etildi. Bajin jinoyatni yaşirişda ayblandi.

Rassel Bentli — AQŞning Texas ştatida tuğilgan. U 2014 yildan beri Ukraina şarqidagi uruşda iştirok etgan, keyinçalik esa Rossiyaning Sputnik media-loyihasi «harbiy muxbiri» sifatida işlagan. Donetskda u mahalliy qizning turmuş örtoğiga aylangan, Rossiya fuqaroligini olgan. 2024 yil aprelida «Rossiya segodnya» mediaguruhi va RT telekanali boş muharriri Margarita Simonyan 64 yoşli Bentli Donetskda halok bölganini ma’lum qilgan edi.

Tergov versiyasiga köra, 2024 yil 8 aprel kuni Vansyatskiy va Iordanov Bentlini «raketa zarbasi oqibatlarini videoga olişga tayyorgarlik körayotgan paytida» körib qolgan. Ular undan hujjatlarini körsatişni va bu yerda böliş sababini tuşuntirişni talab qilgan. Amerikalik özini muxbir sifatida taniştirganidan söng, Vansyatskiy «harbiy qism qömondonligiga diversant aniqlangani haqida» xabar bergan.

Bentlini qismga olib boriş haqida buyruq olgaç, Vansyatskiy amerikalikni uşlaşni Iordanovga topşirgan. Bentlini maşinaga ötqizişgan, boşiga qop kiygizişgan. Vansyatskiy, Iordanov va Agalsev Bentli «diversion-razvedka guruhlariga aloqadorligini tan olişini» talab qiliş maqsadida uni kaltaklab, qiynagan, natijada u halok bölgan. Uning ölimi izini yöqotiş uçun Vansyatskiy va Agalsev jasadni avtomobil bagajnigiga solib, maşinani portlatgan. Keyingi kuni Bajin va Iordanov portlaş joyiga qaytib kelib, qolgan qoldiqlarni yoqib yuborgan.

Bentlini öldiriş işi böyiça sud jarayoni 2024 yil dekabrida Donetsk garnizon harbiy sudida boşlangan. Eşituvlar yopiq rejimda ötkazilgan. Davlat ayblovi ayblanuvçilar uçun 1,5 yildan 15 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazosini söragan.