Filaşkinning aytişiça, 4 fevral, çorşanba kuni ertalab Rossiya qöşinlari odatda bu paytda odam gavjum böladigan şahar bozorini kassetali öq-dorilar bilan öqqa tutgan. Bundan taşqari, şaharga ikkita aviabomba bilan ham zarbalar berilgan.

Oqibatda uçta köp qavatli uy va uçta xususiy uyda vayronagarçilik qayd etilgan, şuningdek sanoat hududiga ham zarar yetgan.

Filaşkin halok bölganlar 43 yoşdan 81 yoşgaça, yaralanganlar esa 50 yoşdan 72 yoşgaça ekanini aniqlaştirgan. Barça jabrlanganlarga tibbiy yordam körsatilmoqda.

“Bu — navbatdagi qasddan sodir etilgan harbiy jinoyat va Rossiyaning ‘sulh’ haqidagi barça bayonotlari heç narsaga arzimasligining yana bir isbotidir”, — deb yozdi Filaşkin özining Telegram-kanalida.