Ukraina harbiylari Donetsk viloyatidagi Seversk şahridan majburan çiqib ketganini ma’lum qildi. Bu haqda Ukraina boş ştabi 23 dekabr, seşanba kuni özining Telegram-kanalida xabar e’lon qildi.
Bayonotda şunday deyiladi: “Seversk atrofida oğir janglar davom etmoqda. Rossiya jonli kuç va texnikada sezilarli ustunlikka ega bölib, katta yöqotişlarga qaramay, faol hujumkor harakatlarni davom ettirmoqda. Jangçilarimiz hayotini asraş va bölinmalarning jang qobiliyatini saqlab qoliş uçun ukrain himoyaçilari aholi punktidan çekindi”.
Şuningdek, boş ştabga köra, “hujum qilganlar murakkab ob-havo şaroitida kiçik şturm guruhlari bilan doimiy bosim ötkazib, katta son jihatidan ustunlik hisobiga ilgarilay olgan”. “Şahar hali ham qöşinlarimiz öqi nazoratida qolmoqda. Şaharda bölgan okkupantlarga zarbalar berilyapti, ularning logistikasi uzib qöyilyapti”, — deyiladi xabarda.
Ukrainaning DeepState loyihasi tahlilçilari Rossiya Qurolli kuçlarining Severskda ilgarilagani haqida 19 dekabrdayoq xabar bergan. Uruşgaça bu şaharda taxminan 11 ming kişi yaşagan.
DeepState’ning onlayn xaritalariga qaraganda, Rossiya qöşinlari şaharni egallab, Severskdan janub tomon 3 kmga ilgarilagan. Şahardan 30 km ğarbda yirik şahar — Slavyansk joylaşgan.
AQŞdagi Uruşni örganiş instituti (ISW) Severskning qulagani haqida 21 dekabrda xabar bergan. Institut tahlilçilariga köra, RF Qurolli kuçlari Lisiçanskdan Severskkaça ğarb tomon 20 km ilgarilab, şaharni egallaş uçun 41 oy sarflagan.
Rossiyalik mustaqil tahlilçi Yan Matveyev ta’kidlaşiça, Seversk — 2025 yilda Rossiya tomonidan egallangan Ukrainadagi yagona şahar bölgan. Volçansk, Kupyansk, Liman, Çasov Yar, Konstantinovka, Mirnograd, Pokrovsk, Rodinskoye va Gulyaypole uçun janglar hali ham davom etmoqda, garçi RF Mudofaa vazirligi ularning köpini egallagani haqida hisobot bergan bölsa ham.
Matveyevning aytişiça, endi Ukraina uçun “Reznikovka qişloği (Severskdan 8 km janubi-ğarbiyda) atrofidagi hududlarni saqlab qoliş” muhim, “Rossiya qöşinlari Slavyansk tomon yanada çuqurroq yorib kirib ketmasligi” uçun.
Şuningdek, 23 dekabrda Ukraina armiyasi vakili Viktor Tregubov teleefirda Rossiya qöşinlari Ukraina çegarasini yangi uçastkada — Sumi viloyatidagi çegara hududida joylaşgan Grabovskoye qişloği atrofida kesib ötganini aytdi. Tregubovga köra, hujum kutilmagan bölgan, unda taxminan 100 nafar rossiyalik harbiy qatnaşyapti, qişloq uçun janglar ketmoqda.













