27 yil davomida O‘zbekistonda bolalar bog‘chalari soni ikki baravarga kamaydi
1991-2017 yillar oralig‘ida O‘zbekistonda bolalar bog‘chalari soni deyarli ikki barobar kamaydi, ammo aholi soni muntazam ravishda oshib bordi, deya ma'lum qildi maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin.
«Hozirda bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olishda ijobiy tendensiya mavjud. 2017 yil oxirida bu ko‘rsatkich 29,9 foizni, 2018 yil iyun oyida esa - 33,1 foizni tashkil etdi», - dedi vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, maktabgacha ta'limning sifati dolzarb bo‘lib qolmoqda. Hozirgi kunda bolalar bog‘chalari pedagogik xodimlarining 69 foizi o‘rta maxsus ma'lumotga, 31 foizi oliy ma'lumotga ega.
Vazirlikdan xabar berishlaricha, mamlakatning barcha hududlarida bosqichma-bosqich kompyuter versiyasidan foydalangan holda va mobil ilovalar yordamida bolalarning davomati hamda sog‘lig‘ini nazorat qilish imkonini beradigan Open EMIS tizimi ishga tushiradi. O‘quv muassasalari bolaning rivojlanish jarayoni haqidagi ma'lumotni oladilar, bu maktabga birinchi sinf o‘quvchisining tayyorgarligi, olingan vaksinalar va tarbiyalanuvchilarning maxsus ehtiyojlari haqida axborot beradi. Bundan tashqari, mas'ul shaxslar sinfxonalardagi joy va o‘quv qo‘llanmalarining miqdori bo‘yicha aniq tasavvurga ega bo‘ladilar.
Mavzuga oid
20:40 / 09.07.2024
Agrippina Shin Toshkentdagi Puchon universitetiga rektor etib tayinlandi
09:28 / 24.03.2023
Agrippina Shin Maktabgacha ta’lim agentligi direktori etib tayinlandi
19:20 / 15.12.2022
Agrippina Shin: Tarbiyachilarning maoshini oshirish uchun yiliga 2,5 trln so‘m kerak
18:56 / 15.12.2022