Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Davlat departamenti delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi
Foto: TIV axborot xizmati
2018 yilning 23 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Genri Ensher boshchiligidagi Davlat departamenti delegatsiyasi bilan uchrashdi.
TIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, delegatsiya Markaziy Osiyoning besh mamlakati va Amerika Qo‘shma Shtatlari («S5+1») vakillarining Xavfsizlik bo‘yicha ishchi guruhining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan.
Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil may oyida AQShga rasmiy tashrifi va prezident Donald Tramp, Ma'muriyat va Kongressning mas'ul rahbarlari bilan muzokaralari chog‘ida erishilgan kelishuvlarni tatbiq etishning amaliy masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, «S5+1» shaklidagi Ishchi guruh majlisi kun tartibi nuqtayi nazaridan xalqaro va mintaqa siyosatining ba'zi masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
16:17
Rossiya IIV: politsiyada kadrlar yetishmovchiligi 40 foizgacha yetmoqda
15:13
«Lukoyl» xorijdagi aktivlarini sotyapti. Kompaniya O‘zbekistonda ham 13 ta yirik konga egalik qiladi
12:43
Rubio: AQSh va Yevropa Kiyevga xavfsizlik kafolatlarini kelishib oldi
23:55 / 28.01.2026