Jamiyat | 08:45 / 23.07.2018
12917
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada fermerni tosh bilan urib o‘ldirgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: KUN.UZ

22 iyul kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida qotillik yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, shu tumanda yashovchi, F.S. uyi oldida o‘zaro janjal oqibatida mahalladoshi, “Humoyun Mirzo tulpori” fermer xo‘jaligi rahbari A.T.ning boshiga tosh bilan urib jarohat yetkazgan.  

Natijada A.T. voqea joyida vafot etgan. F.S. qo‘lga olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid