Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Rossiyaga KXDR bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi
Foto: REUTERS
Yaponiya parlamentining maslahatchilar palatasi raisi Tyuiti Date Shimoliy Koreyaning yadroviy qurolsizlanishi sohasida Rossiya va Yaponiya qalinroq hamkorlik qilishiga umid bildirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, Date Federatsiyalar kengashi yalpi majlisida shu haqda ma'lum qilgan. Yapon siyosatchisi fikricha, KXDR yadrosizlanishi Shimoli-Sharqiy Osiyoda barqarorlik hamda farovonlikning shartidir.
«Bunday holatda Yaponiya va Rossiyaning hamkorligi juda muhim ahamiyat kasb etadi. Biz Rossiya bilan bu sohada yanada qalin hamkorlik o‘rnatilishiga umid qilmoqdamiz», - dedi Date.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Yaponiya Koreya yarim orolidagi yadro muammosiga yechim topish uchun ko‘rilayotgan barcha choralarni qo‘llab-quvvatlaydi. Biroq, «Shimoliy Koreyani ijobiy rivojlanish yo‘liga qaratish uchun», butun jahon hamjamiyatining birgalikdagi sa'y-harakatlari va qalin hamkorligi zarur.
Mavzuga oid
15:13 / 28.02.2026
XVJ Kiyevga 8 mlrd dollarlik to‘rt yillik kreditni ma’qulladi
14:52 / 28.02.2026
Nemsovning o‘ldirilganiga 11 yil: YeI jinoyat haqida eslatdi
12:20 / 28.02.2026
“Drujba” atrofidagi bahs: Zelenskiy Fitsoni Kiyevga taklif qildi
09:10 / 28.02.2026