Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada anomal issiq tufayli 65 kishi halok bo‘ldi
Yaponiyada ikki hafta davomida kuzatilgan anomal issiq havo harorati tufayli 65 kishi halok bo‘ldi, 22 mingdan ortiq inson shifoxonaga yotqizildi, deb xabar bermoqda «Bi-bi-si».
Ta'kidlanishicha, Yaponiya meteorologiya agentligi rekord jazirama haroratni tabiiy ofat sifatida e'lon qildi. Mutaxassislarning va'da qilishicha, harorat avgust oyi oxiriga qadar 35 daraja issiqdan yuqori darajada saqlanib qoladi.
Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, 23 iyul kuni Kumagayya shahrida 41,1 daraja issiq harorat qayd etildi - bu kuzatuvlar tarixidagi rekordga aylandi. Tokioda ham harorat birinchi marta 40 darajalik ko‘rsatkichdan oshgan.
Shuningdek, Yaponiya hukumati vakilining xabar berishicha, maktab o‘quvchilariga yozgi ta'tillar uzaytirilishi mumkin, sababi yapon maktablarining yarmidan kamrog‘i konditsionerlar bilan jihozlangan.
Mavzuga oid
19:05 / 15.06.2026
Issiq haftada jala ham kutilmoqda
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
14:05 / 13.06.2026
Juda issiq ob-havo homiladorlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?
08:43 / 11.06.2026