Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Energiya servis shartnomasi qanday tuziladi?
Vazirlar Mahkamasining 18.07.2018 yildagi 551-son qarori bilan Energiya servis xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yildan davlat organlari va muassasalarining bino va inshootlarini loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, qurish va foydalanishga topshirishda ularda energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalardan, 2022 yildan esa ularning bino va inshootlarida issiq suv ta'minoti uchun quyosh suv isitgich qurilmalari va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan energiya tejamkor lampalardan foydalanish shart.
Norma’ning yozishicha, elektr va issiqlik energiyasi, tabiiy gaz va suvdan foydalanishning energiya tejamkorligi va energiya samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan xizmatlar yetkazib beruvchi va buyurtmachi o‘rtasida tuzilgan energiya servis shartnomasi doirasida ko‘rsatiladi. Xizmatlar haqi energiya resurslarining erishilgan tejash miqdoridan kelib chiqib to‘lanadi. Bunday shartnomalarning boshqa majburiy shartlari (tomonlarning huquq va majburiyatlari, javobgarligi va h.k.) hujjat bilan belgilangan. UKX vazirligi predmetiga qarab ularning namunaviy shakllarini tasdiqlaydi.
Davlat organlari va tashkilotlari uchun energiya samarador va energiya tejovchi texnologiyalarning yagona yetkazib beruvchisi Milliy energiya tejash kompaniyasi hisoblanadi. Ya'ni bu holda yagona yetkazib beruvchidan davlat xaridi amalga oshiriladi: maxsus axborot portalida ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuziladi.
Energiya servis shartnomasi quyidagi tartibda tuziladi. Yetkazib beruvchining so‘rovnomasi bo‘yicha buyurtmachi – davlat organi yoki tashkilot shartnoma tuzilishi mo‘ljallanayotgan obektlar to‘g‘risida ma'lumotlarni (so‘rovnomada keltirilgan shaklda) taqdim etadi. Buyurtmachi tekshirish uchun ko‘rsatilgan obektlarga kirish imkonini oladi, so‘ng ushbu obektlarning amaldagi texnik holati va ish rejimlarini aniqlash uchun komissiya tuzadi.
Yetkazib beruvchi ma'lumotlarni olgan kunidan boshlab 15 kun muddatda loyihaoldi va/yoki loyiha hujjatlarini va ofertani tayyorlab, buyurtmachiga yuboradi. Buyurtmachi oferta olingan kundan boshlab 30 kun mobaynida yetkazib beruvchiga aktsept to‘g‘risida, aktseptdan bosh tortishi to‘g‘risida xabarnoma yoxud ofertaga kelishmovchiliklar protokolini yo‘llaydi.
Aktsept to‘g‘risida yoki ofertani boshqa shartlarda aktseptlash to‘g‘risidagi xabarnomaga asosan ikki tomonning roziligi bilan ular o‘rtasida shartnoma tuziladi.
Hujjat 19.07.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
14:42 / 20.05.2026
Yer ijarasi shartnomasini uzaytirishning yangi tartibi tasdiqlandi
18:58 / 06.05.2026
Fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
18:34 / 09.04.2026