Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XVJ Venesuelani million foizlik inflyatsiya xavfidan ogohlantirdi
Foto: Manaure Quintero/Bloomberg
Xalqaro valyuta jamg‘armasining g‘arbiy yarimsharga javob beruvchi deprtamenti boshlig‘i Alexandro Verner byudjyetdagi kamomadni yopish uchun to‘xtamasdan pul bosayotgan Venesuela hukumatini joriy moliyaviy siyosati ulkan inflyatsiyaga olib kelishidan ogohlantirdi.
Vernerning aytishicha, Venesuelada yuz berayotgan iqtisodiy inqirozni 1923 yil Germaniyada yoki 2000-yillar oxirida Zimbabveda yuz bergan inqirozga qiyoslash mumkin. Agar ish shunday ketadigan bo‘lsa, mamlakatni million foizlik inflyatsiya kutmoqda.
Vernerning ta'kidlashicha, iqtisodiy inqiroz, giperinflyatsiya, oziq-ovqat mahsulotlari yetishmayotgani odamlarning mamlakatdan ommaviy ravishda ketishiga sabab bo‘lmoqda, bu esa oqibatda Venesuelaning qo‘shnilariga ta'sirini ko‘rsatadi.
Venesuela hukumati inqiroz mavjudligini tan olmoqda, biroq buni ichki va tashqi dushmanlar tomonidan Venesuelaga qarshi olib borilayotgan “iqtisodiy urush” bilan tushuntirmoqda.
Mustaqil ekspertlar ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda Venesuelada inflyatsiya 60 ming foizni tashkil qilgan, oxirgi 3 oyda esa bu ko‘rsatkich 300 ming foizgacha yetgan.
Mavzuga oid
14:19 / 27.02.2026
«Do‘st davlatlarmiz»: Rodriges AQShdan sanksiyalarni olib tashlashni so‘radi
16:23 / 17.02.2026
Go‘sht, transport vositalarini sug‘urtalash, metan. Narxi keskin oshgan mahsulotlar va xizmatlar
22:21 / 12.02.2026
AQSh Venesuelaning «neft karantini» tugaganini e’lon qildi
07:42 / 12.02.2026