Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Suriya harbiy samolyotini urib tushirdi
Isroillik harbiylar mamlakat havo kengliklariga kirgan «Suxoy» rusumli Suriya harbiy qiruvchi samolyotini «Petriot» havo hujumidan mudofaa tizimi orqali urib tushirdi. Bu haqda Isroil armiyasi bayonot bergan.
Samolyotga ikkita raketa uchirilgan va samolyot yerga qulagan. Uchuvchilarning taqdiri noma'lum.
Armiya vakilining ma'lumotiga ko‘ra, samolyot Isroil havo kengliklariga kirgunicha kuzatib turilgan.
Suriya harbiylari esa ushbu samolyot Golan tepaliklari yaqinida IShID jangarilariga qarshi harbiy amaliyot o‘tkazayotganida hujumga uchraganini ma'lum qilishgan.
«Isroil bizning harbiy samolyotimizga Yarmuq vodiysi yaqinidagi Saydi tumanida harbiy amaliyot o‘tkazayotganida, Suriya havo kengliklarida harakatlanayotganida hujum qildi», deya manba so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.
Mavzuga oid
09:56 / 08.07.2026
Hamas G‘azodagi fuqarolik hukumatini tarqatib yubordi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026