Jahon | 08:34 / 24.07.2018
3914
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR Soxe poligonida buzish ishlarini boshladi

Foto: REUTERS/Kim Hong-Ji

Shimoliy Koreyada raketa dvigatellari sinovdan o‘tkazilgan Soxe poligonidagi muhim obektlarni buzishga kirishildi. Bu haqda Reuters Jon Xopkins nomidagi universitet huzuridagi tadqiqot guruhi hisobotiga asosan xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, raketa-tashuvchilarni yig‘ish uchun ishlatilgan bino, shuningdek, ballistik raketalar sinoviga mo‘ljallangan maydonchalarni buzish ishlari olib borilmoqda.

«Bu obektlar Shimol qit'alararo ballistik raketa dasturi uchun texnologiyalarni rivojlantirishda muhim o‘rin tutgani sababli, buzish ishlari bo‘yicha bu sa'y-harakatlar Shimoliy Koreya o‘zaro ishonchni o‘rnatishga jiddiy harakat qilayotganidan dalolat beradi», - deya qayd etiladi hujjatda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid