Jahon | 08:30 / 24.07.2018
10818
1 daqiqa o‘qiladi

Qohiradagi hayvonot bog‘i eshaklarni bo‘yab qo‘yib, zebralar sifatida ko‘rsatdi

Foto: Mahmoud A. Sarhan / Facebook

Misr poytaxti Qohiradagi hayvonot bog‘laridan birining egalari eshaklarni zebralarga o‘xshatib bo‘yab qo‘yishga qaror qildi. Bu tashrif buyuruvchilarni jalb etish maqsadida qilingan, deyiladi Extra News telekanali efiridagi ma'lumotda.

Ta'kidlanishicha, 9-sinf o‘quvchisi Muhammad Sarxon bunday o‘ziga xos ko‘zbo‘yamachilikni birinchi bo‘lib payqab qoldi. U Xalqaro bog‘ga tashrif buyurib, o‘tkazilgan ekskursiya vaqtida «zebra»lardan birining ko‘zi yonidan qora bo‘yoq oqib tushayotganini ko‘rib qolgan. Bola tasvirga olgan fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirdi.

Aniqlik kiritilishicha, hayvonot bog‘i direktori volerlardagi «zebra»lar haqiqiy ekanini iddao qilishda davom etyapti.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid