Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mixsiz barpo etilgan tarixiy masjid haqida eshitganmisiz?
1366 yil (786 hijriy) qurib bitkazilgan «Mahmudbek» masjidi hech qanday mixsiz qurilgan noyob inshootlardan biri hisoblanadi. Turkiyaning Qastamona shahri yaqinida joylashgan masjidni Jandar o‘g‘li beklaridan bo‘lgan Mahmudbek qurdirgan.
Uncha katta bo‘lmagan ushbu obidaning tashqi tarafi toshlar bilan, ichki naqshlari yog‘och mahsulotlari yordamida bino qilingan. Ma'lum qilinishicha, 650 yil muqaddam qurilgan ushbu masjidda bir kun ham jamoat namozlari to‘xtatilmagan, hattoki ta'mirlash davrida ham jamoat va mehmonlar uchun hamisha ochiq bo‘lgan. Tarixiy yodgorlik haqida sayohatchi Ibn Battuta o‘zining «Sayohatnoma» nomli asarida shunday yozadi:
«Masjid bir qavatli bino shaklida barpo etilgan, ammo ichki tarafi uch qavatli boloxonadan iborat. Markaziy bolaxonada sultonlar, olimlar va martabali oliy harbiylar, pastki qismida esa shahzodalar va oddiy qishloq ahli namoz o‘qishgan».
Masjidda na elektr energiya, na isitish uskunasi mavjud. Qarama-qarshi qurilgan oynalar yorug‘lik manbayi bo‘lib xizmat qiladi. 2007 yili masjid, naqshlaridan tashqari qolgan qismi, restavratsiya qilingan. Obida 2014 yilda YuNESKO «Moddiy meroslar ro‘yxati»ga kiritilgan.
Mavzuga oid
17:15 / 08.11.2025
Indoneziyadagi masjidda portlash: 55 kishi jarohatlandi. Gumondor 17 yoshli o‘quvchi
09:48 / 17.06.2025
Erdo‘g‘an: Qisqa vaqtda hech kim bizga qarshi chiqishga jur’at etolmaydigan darajaga chiqamiz
12:55 / 09.06.2025
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida maktab ochiladi
22:58 / 07.06.2025