Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekenergo” AJ yoshlarni ishga taklif etadi
“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati yoshlar uchun respublikaning barcha hududlarida bo‘sh ish o‘rinlari tanlovini e'lon qiladi.
Yosh mutaxassislarni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishga taklif qilamiz:
- muhandis;
- muhandis-energetik;
- issiqlik texnikasi muhandisi;
- muhandis-mexanik;
- muhandis-loyihalovchi;
- axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis;
- aloqa bo‘yicha mutaxassis;
- yurist;
- texnik xodimlar (elektr montyor, elektr payvandchi);
- hisobchi;
- iqtisodchi.
Barcha yosh mutaxassislarni quyidagi manzillar bo‘yicha 2018 yil 28 iyul kuni suhbat asosida ishga taklif etamiz:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Nukus shahri, Beruniy ko‘chasi, “Nukus HETK” AJning ma'muriy binosida. Telefon: +99897 788-81-18;
- Buxoro viloyati: Buxoro shahri, Sanoatchilar shaharchasi, 1/1-uy, “Buxoro HETK” AJning ma'muriy binosida. Telefon: +99891 312-43-16;
- Qashqadaryo viloyati: Nishon tumani, Nuriston qishlog‘i, “Tolimarjon IES” UK qoshidagi madaniyat uyida. Telefon: +99891 462-86-00
- Namangan viloyati: Namangan shahri, Marg‘ilon ko‘chasi, 8-uy. Telefon: +99893 942-56-56;
- Navoiy viloyati: Karmana tumani, Karmana madaniyat va san'at kasb-hunar kollejida (mo‘ljal: Karmana avtostansiyasi). Telefon: +99893 317-11-74;
- Samarqand viloyati: Samarqand shahri, Gagarin ko‘chasi, 151-uy. Telefon: +99891 528-98-81;
- Surxondaryo viloyati: Termiz shahri, at-Termiziy ko‘chasi, 10-uy. Telefon: + 99893 790-80-81;
- Sirdaryo viloyati: Guliston shahri, “Sirdaryo HETK” AJ binosi. Telefon: +99890 919-02-65;
- Toshkent viloyati: Nurafshon shahri, Sport ko‘chasi, 27-uy, 12-sonli musiqa maktabida. Telefon: +99890 933-30-47;
- Farg‘ona viloyati: Farg‘ona shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 3-uy. Telefon: +99893 980-70-07;
- Xorazm viloyati: Urganch shahri, Xamka ko‘chasi, 36/1-uy, “Xorazm HETK” AJ binosi. Telefon: +99893 922-80-00;
- Toshkent shahar: Mirzo Ulug‘bek tumani, Istiqlol ko‘chasi, 6-uy, «O‘zbekenergo» AJning bosh binosida. Telefon: +99871 236-63-64.
O‘zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat, ya'ni pasport, oliy yoki o‘rta maxsus ta'limni tugatganligingiz haqida diplom, harbiy bilet, qo‘shimcha ravishda: xorijiy til bilimi sertifikati, olimpiada hamda sport musobaqalarida erishilgan muvaffaqiyatlar uchun faxriy yorliqlar, medallar mavjud bo‘lsa, sizga qo‘shimcha afzallik beriladi.
Nomzodlarni aniqlash va ishga qabul qilish komissiyasi tarkibi shaxsan “O‘zbekenergo” AJ Boshqaruvi raisining nazorati ostida Jamiyatning hududiy bo‘linmalari rahbarlaridan tashkil etiladi.
Suhbat natijalari nomzodlarga bir necha kun mobaynida e'lon qilinadi.
Qo‘shimcha ma'lumotlarni “O‘zbekenergo” AJ ning (+99871) 202-50-55 telefon raqami yoki rasmiy veb-sayti orqali olishingiz mumkin www.uzbekenergo.uz
Mavzuga oid
09:54 / 28.03.2026
Polsha minglab o‘zbekistonliklarni ishga olmoqchi
15:50 / 25.03.2024
Kanada o‘zbekistonliklar uchun 5 mingta ish o‘rni taklif qildi
09:14 / 28.07.2020
«O‘zbekenergo» ma'muriy binosi savdoga qo‘yiladi
15:31 / 17.12.2019