Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Vetnam tovar ayirboshlash hajmini uch baravarga oshirishni rejalashtirmoqda
Toshkentda Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston — Vetnam hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlarning ta'kidlashicha, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik barcha yo‘nalishlarda, jumladan, savdo-iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy sohalarda izchil rivojlanib bormoqda.
O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi oshmoqda. Bu boradagi ko‘rsatkich joriy yilning o‘tgan 6 oyida 2017 yilning shu davriga nisbatan 2,5 baravar ortdi va 30 million dollarga yetdi. Tomonlar bu ko‘rsatkichni yil oxiriga qadar 100 million dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligini bildirdi.
Tadbirda o‘zaro hamkorlikda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Mavzuga oid
08:48 / 27.06.2026
Strategik resurslar xaritasi: qaysi davlat nimani nazorat qiladi?
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
20:56 / 19.06.2026
Inflatsiya pasayishi sekinlashsa, monetar siyosatni yanada qat’iylashtirishga tayyor turish kerak - XVJ
17:46 / 10.06.2026