O‘zbekiston | 13:56 / 24.07.2018
5859
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ommaviy xalq geoportali yaratilyapti

Foto: Pixabay

O‘zbekiston Respublikasi davlat yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Jahon banki yordamida “Ko‘chmas mulk va kadastr hujjatlarini ro‘yxatga olish tizimlarini modernizatsiyalash” loyihasini amalga oshirmoqda. Loyihani amalga oshirish uchun Jahon banki tomonidan 20,0 mln AQSh dollari miqdorida zayom taqdim etilgan.

Bugungi kunga kelib, loyiha doirasida xalqaro va mahalliy konsalting kompaniyalari jalb qilingan bo‘lib, ular bilan hamkorlikda axborot tizimi dizayni, texnik spetsifikatsiyalarni ishlab chiqish ishlari bajarilmoqda, jamoatchilikka axborot taqdim etish kampaniyasi boshlangan, kadastr hujjatlarini, kartografiyaga oid va boshqa arxiv materiallarini raqamlashtirish metodologiyasi ishlab chiqilmoqda. Yangi ochiq koordinatalar tizimini va kosmik s'yomka materiallari hamda kadastr indeksli xarita bo‘yicha tuzilgan yaxlit (choksiz) rastrli bazaviy xaritaga asoslangan ommaviy xalq Geoportalini yaratish bo‘yicha ishlar amalga oshirilyapti.

Shuningdek, ushbu loyihaning amalga oshirilishi natijasida geofazoviy ma'lumotlarning elektron hukumat tuzilmasiga integrallanishi, geofazoviy ma'lumotlardan foydalanish, ularni almashish va umummilliy miqyosda qo‘llash, davlat organlari, tadbirkorlik sub'yektlari va aholiga interaktiv xizmatlarni sifatli taqdim etish imkoniyati yaratiladi. Ko‘chmas mulkka oid huquqlar va kadastr ma'lumotlaridan ochiq foydalanish imkoniyatining yaratilishi O‘zbekistondagi innovatsion muhitning yaxshilanishiga ko‘maklashadi.

Mavzuga oid