Fan-texnika | 23:17 / 24.07.2018
29513
3 daqiqa o‘qiladi

Xiaomi ikkita yangi hamyonbop smartfon taqdim qildi

Madrida Xiaomi’ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi, unda ikkita yangi Mi A2 va Mi A2 Lite modellari taqdim qilindi. Ispaniyada smartfonlar 179 yevrodan boshlab sotuvga chiqariladi.  

Foto: Xiaomi

Xiaomi 2018 yil aprelda hamyonbop smartfonining yangi versiyasi chiqishini ma'lum qilgandi. U qo‘sh kamera, 18:9 nisbatdagi ekran va yangi protsessor olishi ma'lum qilingandi. Endi esa kompaniya ushbu model va uning Lite modeli uchun narxlarni e'lon qildi: 

Mi A2 4GB+32GB – 249 yevro
Mi A2 4GB+64GB – 279 yevro
Mi A2 6GB+128GB – 349 yevro
Mi A2 Lite 3GB+32GB – 179 yevro
Mi A2 Lite 4GB+64GB – 229 yevro

Smartfonlar iyulda 40 davlatda sotuvga chiqariladi. 

Foto: Xiaomi

Quyida ushbu modellar haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Mi A2

Xiaomi Mi A2 5,99 dyuymli, 2160×1080 pikselli va tomonlari nisbati 18:9 li displey bilan jihozlangan. Old panelning 77 foizini egallovchi IPS-ekran chetlari yumaloqlangan. Smartfonning Snapdragon 660  protsessori 4 ta 2,2 GGtsli va 4 ta 1,8 GGtsli yadrodan iborat, grafika uchun Adreno 512 chipi javob beradi. 

Smartfonda USB 2.0 Type-C raz'yomi, SIM karta uchun ikkita slot, barmoq izlari skaneri va Wi-FI 802.11ac, Bluetooth 5.0, A-GPS va GLONASS standartlarini qo‘llab-quvvatlovchi infraqizil port hamda Qualcomm Quick Charge 3.0 quvvatlagichi mavjud. Akkumulyator sig‘imi 3000 mA-soatni tashkil qiladi. Qurilma o‘lchamlari quyidagicha: 158,7×75,4×7,3 mm, og‘irligi — 166 g.

Foto: Xiaomi

Mi A2 Lite

O‘lchamlari: 149,33×71,68×8,75 mm, 178 g. Displey: 5,84", 2280×1080, (~432 ppi), IPS LCD. Protsessor: 8-yadroli Qualcomm Snapdragon 625, 2,0 GGts, Adreno 506. Kamera: 12+5 Mp (asosiy qo‘sh), 5 Mp (old). Xotira: 3/4 GB tezkor, 32/64 GB doimiy, microSD sloti. Batareya: 4000 mA-soat. Operatsion tizim: Android 8.1 Oreo (One). Aloqa: microUSB 2.0, 3,5-millimetrli raz'yom, SIM uchun ikkita slot. Korpus ranglari: ko‘k, qora, tillarang.

Mavzuga oid