Chinoz tumanida bir kunda 3 ta turistik obekt foydalanishga topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi “2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3217-sonli qaroriga muvofiq “2018-2019 yillarda Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirish hududiy dasturi” ishlab chiqilgan.
Ushbu dasturga ko‘ra 2018-2019 yillar umumiy qiymati 2,5 trln.so‘m bo‘lgan 585 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 6 106 ta yangi ish o‘rni tashkil qilish ko‘zda tutilgan.
O‘tgan 6 oy davomida viloyatda jami 55 ta turistik obekt ishga tushirilishi hisobiga 68,6 mlrd.so‘m investitsiyalar (49,1 mlrd.so‘m o‘z mablag‘lari, 19,5 mlrd.so‘m bank krediti) o‘zlashtirildi va 745 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Bu borada viloyat hokimligining turizmni rivojlantirish kompleksi Chinoz tumani hokimligi hamda sektorlar rahbarlari bilan olib borilgan ishlari natijasida bir kunda 3 ta turistik obekt foydalanishga topshirildi.
1. “MUQIMIY” fermer xo‘jaligi tomonidan 2 gektar maydonda 1 mlrd. 400 mln.so‘mlik investitsiya mablag‘lari kiritish hisobiga sport sog‘lomlashtirish maskani hamda akva park;
2. “FAVORITE”MChJ tomonidan Sirdaryo daryosi bo‘yida 6,7 gektar maydonda 40 o‘ringa mo‘ljallangan dam olish maskani (bolalar basseyn, o‘yingoh, havaskor baliqchilar uchun hududda sun'iy ko‘l);
3. “ORXIDEYA LYUKS” MChJ tomonidan Sirdaryo daryosi bo‘yida 3,7 gektar maydonda 80 o‘rinli “SUMBULA” oilaviy dam olish maskanlari (basseyn, bolalar uchun mini attraksionlar, katamaran va boshqa xizmatlar) ishga tushdi.
Bu turizm obektlari ishga tushish natijasida 50 nafardan ortiq Chinoz aholisi ish bilan ta'minlandi.
Mavzuga oid
23:32 / 13.11.2024
Florensiya «haddan ziyod turizm»ga qarshi kurash bo‘yicha yangi choralar qabul qildi
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
10:26 / 03.11.2024
O‘zbekistonga xorijdan kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
22:45 / 24.10.2024