Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yer sotishga uringan firibgar fermer qo‘lga tushdi
Fuqaro O.A. shu yilning 11 iyul kuni Samarqand viloyati IIBga ariza bilan murojaat qilib, Payariq tuman «Cholmo‘yin tepasi» fermer xo‘jaligining raisi O‘rinboyev Qo‘liboy o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan xo‘jaligining paxta ekinlari ekilgan jami 5,3 gektar yer maydonini Payariq tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i orqali tuman hokimligi zaxirasiga qaytarib, so‘ngra uning rasmiylashtirib berish evaziga 5000 AQSh dollariga kelishib, 2500 AQSh dollarini berishini talab qilayotganligini ma'lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Arizaga ko‘ra, Samarqand viloyati IIB JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Payariq tuman «Cholmo‘yin tepasi» fermer xo‘jaligining raisi Q.O‘. Payariq tuman Qumchuq mahallasida joylashgan «Qobiljon Savdo Plyus» MChJga qarashli oshxonada firibgarlik yo‘li bilan oldindan kelishilgan 5000 AQSh dollari hisobidan 2500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Ushbu holat yuzasidan Q.O‘.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda Kun.uz’ga Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati.
Mavzuga oid
13:08 / 09.12.2025
Otasini ta’minlashdan bo‘yin tovlagan o‘g‘il 15 sutkaga qamaldi
17:31 / 04.12.2025
Past Darg‘omda cho‘chqaxona egalari havoni ifloslab kelgani aniqlandi
17:53 / 25.11.2025
Adiz Boboyev Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
14:21 / 25.11.2025