O‘zbekiston | 13:49 / 25.07.2018
7114
1 daqiqa o‘qiladi

“Toshkent - Urganch - Toshkent” yo‘nalishidagi qo‘shimcha poyezdlarning harakat vaqti uzaytirildi

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “Toshkent-Urganch-Toshkent” yo‘nalishida qo‘yilgan qo‘shimcha poyezdlarning harakat vaqtini uzaytirdi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, bu yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirildi.

Qo‘shimcha qo‘yilgan №256/255-sonli poyezd joriy yilning 27, 29, 31 iyul va 2, 4, 6, 8, 10 avgust kunlari  soat 14:30da Toshkent janubiy vokzalidan Urganch tomon harakatlanadi. 28, 30 iyul hamda 1, 3, 5, 7, 9, 11 avgust kunlari soat 08:35da Urganch vokzalidan poytaxtga qaytadi.

Mavzuga oid