Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh «Qrim deklaratsiyasi» nomli hujjatni e'lon qildi
Foto: RIA "Novosti"
AQSh Davlat departamenti kotibi Mayk Pompeo Qrim ustidan Rossiyaning suverenitetini tan olmasligini bildirdi. Bu haqda AQSh tashqi siyosat mahkamasi e'lon qilgan «Qrim deklaratsiyasi»da shunday deyiladi.
Rasmiy hujjatda ta'kidlanishicha, AQSh Rossiyaning Qrim ustidan hukmronligiga chek qo‘yilishini talab qiladi. Shuningdek, Ukraina davlatining hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaydi.
«Shunday harakatlar bilan Rossiya Buyuk millat nomiga nomunosib ishlarga qo‘l urmoqda va o‘zini xalqaro hamjamiyatdan yakkalanib qolishiga rozi bo‘lyapti», deyiladi «Qrim deklaratsiyasi»da.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq, AQSh prezidentining Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Vashington yaqin bir yil ichida Rossiya prezidenti Putinni kutib olmasligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
20:26
Zelenskiy Trampga xat yozib, Ukrainani Rossiya raketalaridan himoya qilishni so‘radi
10:25
AQSh kelishmoqchi, Eron o‘ylanyapti, Isroil asabiylashmoqda
09:55
AQSh va Armaniston hamkorlik bo‘yicha qator kelishuvlarni imzoladi
14:12 / 26.05.2026