Jahon | 08:34 / 26.07.2018
2937
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh qurollarni qisqartirish bo‘yicha hozircha bir qarorga kelmadi

Foto: Getty Images

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning senatdagi eshituvlarda ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar hukumatida AQSh va Rossiya o‘rtasidagi hujumkor qurollarni qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha pozitsiya hozircha yo‘q. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Pompeodan senatdagi chiqishi vaqtida, AQSh hukumati 2021 yildan so‘ng hujumkor qurollarni qisqartirish bo‘yicha shartnomani uzaytirishga doir pozitsiyaga ega emasligi haqidagi ma'lumotni tasdiqlash yoki rad etish so‘raldi.

«Ha, haqiqatdan ham shunday», - dedi Pompeo.

Shuningdek, davlat kotibining ta'kidlashicha, AQSh strategik shartnomalar masalasiga «kompleks» yondashmoqchi.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid