Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chimkentlik pensioner velosipedda O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab sayohat qilmoqda
Foto: Xabar 24
Chimkentlik 79 yoshli Kenesbek Seytimbet velosipedda Toshkent shahriga yetib keldi. U yuzdan ortiq kilometr masofani yarim kunda bosib o‘tdi. Endi Kenesbek O‘zbekistonning qadimiy shaharlari va tarixiy qadamjolariga borishni rejalashtirmoqda, deya ma'lum qiladi "Xabar 24" telekanali.
Kenesbek Seytimbet o‘zining bu velosayohatini "Qozog‘istonda O‘zbekiston yili"ga bag‘ishlashini aytdi.
"Qish oylari va jazirama iyulda uzoq masofalarni bosib o‘tish qiyindek go‘yo. Biroq men sport bilan ko‘p shug‘ullanaman, har kuni jismoniy mashqlarni bajaraman, shuning uchun charchoqni his qilmayman. Qozoqlar va o‘zbeklar - qardosh xalqlar. Biz uchun asosiysi - tinchlik va do‘stona munosabatlarni saqlash", - deydi u.
Ta'kidlash joizki, bu keksa velosayohatchining birinchi uzoq safaridir.
Mavzuga oid
07:30
Xarita: turizmdan eng ko‘p pul topadigan davlatlar
21:52 / 19.01.2026
O‘zbekiston AQShda uchta yangi konsullik ochadi - elchi
18:00 / 19.01.2026
To‘rt faslda ham sayyohlar uzilmaydigan qishloq: Ertoshsoyda bir kun
17:50 / 19.01.2026