Jamiyat | 12:30 / 26.07.2018
62433
2 daqiqa o‘qiladi

Farangiz Rejametovani urib yuborgan haydovchi uy qamog‘iga olindi

Foto: Facebook/Farangiz Rejametova

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan Ulug‘bek E.ga nisbatan Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tuman prokuraturasining «uy qamog‘i» tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi ko‘rib chiqildi va qanoatlantirildi. Bu haqda Kun.uz’ga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining 2018 yil 23 iyuldagi ajrimiga muvofiq ayblanuvchi Ulug‘bek E.ga nisbatan «uy qamog‘i» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Unga nisbatan muayyan shaxslar bilan aloqada bo‘lish, xat-xabar olish va jo‘natish, har qanday aloqa vositalaridan foydalanish va ular yordamida so‘zlashuvlar olib borish, uy-joyni tark etish singari taqiqlar (cheklovlar) o‘rnatiladi.

Zulfiqor Musoqovning «Oyijon» filmi bosh rol ijrochisi, aktrisa Fotima Rejametovaning qizi Farangiz Rejametova 20 iyul kuni yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi.

 

Mavzuga oid