Iste'dodli aktrisa Farangiz Rejametova (Jamolxonova) hayotdan köz yumdi. Bu haqda jurnalist Şohira Hamro Facebook’dagi sahifasida xabar bergan.

Jurnalistning bildirişiça, Farangiz Rejametova avtohalokat sabab vafot etgan. 

“Ölim yoş tanlamas ekan. Fojia qaçon, qay mahal boşingga kulfat yoğdirişini bilmas ekansan. Bugun kutilmagan avtofalokat hammamiz tanigan, "Oyijon" filmidagi rolidan keyin sevib qolgan iste'dodli aktrisa, Farangiz Rejametova (Jamolxonova)ni oramizdan olib ketdi. Bu kun uning hayotiga nuqta qöyilgan kun bölib qoldi. Bu gaplarni yozayapmanu... Farangizning bolaligidan to şu kunga qadar tanigan, bilgan çoğlarim köz oldimdan ötayapti. Biz u bilan ötgan hafta xuddi şu kuni Samarqandda, "Saxovat-şou" körsatuvida s'yomkada edik. U bilan Farangiz hali juda kiçkinaligida, Milliy teatr tarkibida, Moskvada ham gastrolda bölganmiz. U kiçkinaligidanoq juda mustaqil qizaloq edi. Közlarida bir dunyo orzu-umidlar bor edi. Fotima Rejametova... onasi... öşa bir hafta ilgari ularning xuddi dugonalardek bir-birlariga bölgan munosabatlarini körib... havas qilgandim. Içimda "Fotima qiziga juda suyanib qolibdi" - deya öylaganlarim esimda. Fotimaga toğdek sabr tilayman... bu dardni yengiş oğir... heç kim bolam demasin... Farangizjon, hur qizim... joylaring jannatda bölsin! 

Rulda ketayotib, dunyo qölimda deb öylaydiganlar, xudo sizga insof bersin! Bir oilani tözğitib ketganingizni bilasizmi? Agar siz rulda huşyorroq bölganingizda, Farangiz hozir uyida şirin tuşlar körib uxlab yotgan bölar edi...”, - deya yozgan jurnalist. 

Ma'lumot uçun, Farangiz Rejametova marhum aktyor Töğon Rejametovning nabirasi, aktrisa Fotima Rejametovaning qizi sanaladi.

KUN.UZ tahririyati marhumaning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur ta'ziya izhor etadi.