Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Rossiyadan parranda go‘shti va tuxum olib kirilishini chekladi
Qozog‘iston Rossiyaning Orlov, Rostov va Nijyegorodskiy viloyatlarida yuqori patogen parranda grippi tarqalgani sababli Rossiyadan parranda go‘shti, tuxum, pat olib kirilishini chekladi.
“Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi Veterinar nazorat qo‘mitasi Qozog‘iston hududiga Rossiyaning yuqorida sanab o‘tilgan viloyatlaridan tirik parranda va inkubator tuxumi, pat, parranda go‘shti va issiqlik ishlovidan o‘tmagan parrandachilik mahsulotlari, parrandalar uchun oziqa va oziqaviy qo‘shimchalar, taksidermik ishlovdan o‘tmagan ov o‘ljalari hamda parrandalarni saqlash, so‘yish va nimtalash uchun ishlatilgan qurilmalarni olib kirishga vaqtinchalik cheklovlar kiritdi”, deb aytilgan xabarda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, parranda grippi ko‘pincha yaqqol simptomlarsiz kechuvchi qushlar yuqumli virus kasalligi hisoblanadi. Ba'zi hollarda virus odamlar va hayvonlarda kasallik yoki simptomlarsiz infeksiyalar keltirib chiqarishi mumkin.
Mavzuga oid
10:40 / 18.06.2026
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45 / 18.06.2026
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026