Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya hanuzgacha yadro quroli ustida ishlayapti - Pompeo
AQSh Davlat departamenti kotibi Mayk Pompeoning aytishicha, Shimoliy Koreya yadroviy qurol yaratish dasturini hanuzgacha davom ettirmoqda. Bu haqda Davlat kotibi Senatning Xalqaro aloqalar qo‘mitasida ma'lum qilgan.
«Ha, ular yadroviy mahsulotlardan voz kechmagan va dastur ustida ish olib boryapti», deydi Pompeo Senatdagi chiqishidan avval.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In shu yilning 12 iyun kuni Singapurda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgandi. Davlat rahbarlarining qo‘shma bayonotida Donald Tramp Kimning so‘zlariga tayanib, Shimoliy Koreya dasturdan to‘liq voz kechishga qaror qilgani haqida aytgandi.
Mavzuga oid
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
20:01 / 01.03.2026
Axloqqa zid va noqonuniy. Rossiya, Shimoliy Koreya va Xitoy Xominaiyning o‘ldirilishini qoraladi
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
21:21 / 26.12.2025