Suriyaning Su-22 qiruvchisi isroillik ayol harbiy tomonidan urib tushirilgan
Suriya armiyasiga tegishli bo‘lgan Su-22 qiruvchisi 24 iyul kuni kapitan Or Naaman qo‘mondonligidagi Patriot raketalarga qarshi majmua yordamida urib tushirilgan. Bu haqda Jeruslem Post gazetasi yozmoqda.
Ta'kidlanishicha, Naaman Isroil harbiy-havo kuchlarining 138-batalonida Patriot majmuasiga qo‘mondonlik qiladi. Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, Suriya qiruvchisi urib tushirilganidan ikki hafta avval, uning rahbarligi ostida Suriyaga tegishli uchuvchisiz uchar qurilma ham urib tushirilgan.
Avvalroq, Suriya armiyasiga tegishli bo‘lgan «Suxoy» samolyoti 24 iyul kuni Golan tepaliklari yaqinida urib tushirilgani xabar qilingandi. Isroildan ma'lumot berishlaricha, Suriya havo kemasi mamlakat hududiga taxminan 2 kilometrlik masofaga kirib kelgan. Keyinchalik Suriya armiyasidagi manba Isroil harbiylari Su-22 qiruvchisini urib tushirishganiga aniqlik kiritdi.
Mavzuga oid
22:07 / 27.09.2024
Isroil Bayrutdagi «Hizbulloh» qarorgohiga zarba berdi
16:36 / 27.09.2024
Yaqin Sharq katta urush ostonasidami?
20:47 / 26.09.2024
AQSh va ittifoqchilar Isroil va «Hizbulloh»ni urushni to‘xtatishga chaqirdi. Netanyahu zarba yo‘llashda davom etishni buyurdi
12:03 / 26.09.2024