Jahon | 11:40 / 26.07.2018
3805
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Gulen harakati bilan kurashni davom ettiradi

Foto: AR/TASS

Turkiya miliy mudofaa vaziri Xulusi Akar bugun turkiyalik jurnalistlarga bergan bayonotida aytishicha, hukumat armiya safiga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan Gulen harakati bilan kurashni davom ettiradi.

Fathulloh Gulen 2016 yil iyulida armiya safida xizmat qiluvchilar orasida to‘ntarish qilishga harakat qilishda ayblanganidan so‘ng uning tarafdorlari birin-ketin ishdan bo‘shatilgan. Turkiya bu harakat davlat xavfsizligiga juda katta xavf olib kelishidan xavfsiraydi.

Bundan ikki yil oldin 2016 yil 16 iyulda Turkiyada harbiy to‘ntarish ro‘y bergandi. Asosiy voqealar Anqara va Istanbulda bo‘lib o‘tdi. To‘qnashuvlar vaqtida tinch aholi vakillaridan 250 kishi halok bo‘lgan, 2 mingdan ortiq kishi jarohatlangandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid