O‘zbekiston | 13:58 / 26.07.2018
8452
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK uchuvchilarni tayyorlash o‘quv kurslariga tanlov o‘tkazadi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining O‘quv-mashq markazi uchuvchilarni dastlabki tayyorlash o‘quv kurslariga tanlov o‘tkazilishi munosabati bilan, joriy yilning 6-7-avgust kunlari «Ochiq eshiklar kuni» bo‘lib o‘tishini e’lon qiladi.

Tanlovda qatnashmoqchi bo‘lgan nomzod 27 yoshga to‘lmagan, tugallangan oliy texnik ma’lumotli va IELTS sertifikati bilan tasdiqlangan ingliz tilining 6-darajasiga ega bo‘lish talab etiladi. Ular fuqaro aviatsiyasi uchuvchilari uchun dastlabki tayyorgarlik kurslarida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

O‘qish davomiyligi, hujjatlarni qabul qilish va imtihon topshirish muddati,  nomzodlar uchun tibbiy va boshqa talablar haqida to‘liq ma’lumot olish uchun Toshkent shahar, Qumariq ko‘chasi, 120-uyda joylashgan MAK O‘quv–mashq markaziga murojaat qilish mumkin.

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid