Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Senati Facebook va Twitter'ni yana chaqirtirmoqda
Facebook va Twitter kompaniyalari ijrochi rahbarlarining AQSh Senatining Razvedka qo‘mitasidagi eshituvi joriy yilning sentabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Ular 2016 yil AQSh prezidentligi uchun bo‘lib o‘tgan saylov jarayoniga Rossiyaning aralashuvi yuzasidan ma'lumot taqdim etishi zarur.
Qo‘mita raisi, senator Richard Burrning aytishicha, Senat haqiqatan Facebook, Twitter va Google'ning muassisi Alphabet kompaniyalari ijrochi rahbarlarini eshituvga chaqirtirgan.
Fevral oyida AQSh Razvedka mahkamasi 2018 yil AQShda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan saylovlarga Rossiya yana aralashishini bildirgandi. Razvedka ma'lumotiga ko‘ra, bu aynan ijtimoiy tarmoqlarda tekshirilmagan statistika va targ‘ibotni kuchaytirish bilan erishiladi.
O‘z o‘rnida Facebook Buyuk Britaniyaning sun'iy intellektdan foydalanuvchi texnologiyalarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Bloomsbury AI kompaniyasini xarid qilish uchun 30 million dollar sarflamoqchi.
Ma'lumot uchun, shu yilning 6 noyabr kuni AQShning bir nechta shtatida Kongress va Senatdagi o‘rinlar uchun navbatdan tashqari saylovlar bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
19:18
Eron milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi qo‘shni davlatlarni ogohlantirdi
17:35
AQSh Eronga zarba berishda Anthropic neyrotarmog‘idan foydalandi – OAV
17:21
Fors ko‘rfazi mamlakatlari Eronga zarba berish uchun AQShga o‘z bazalaridan foydalanishiga ruxsat berishi mumkin
00:30