Facebook va Twitter kompaniyalari ijroçi rahbarlarining AQŞ Senatining Razvedka qömitasidagi eşituvi  joriy yilning sentabr oyida bölib ötişi kutilmoqda. Ular 2016 yil AQŞ prezidentligi uçun bölib ötgan saylov jarayoniga Rossiyaning aralaşuvi yuzasidan ma'lumot taqdim etişi zarur. 

Qömita raisi, senator Riçard Burrning aytişiça, Senat haqiqatan Facebook, Twitter va Google'ning muassisi Alphabet kompaniyalari ijroçi rahbarlarini eşituvga çaqirtirgan. 

Fevral oyida AQŞ Razvedka mahkamasi 2018 yil AQŞda bölib ötişi kutilayotgan saylovlarga Rossiya yana aralaşişini bildirgandi. Razvedka ma'lumotiga köra, bu aynan ijtimoiy tarmoqlarda tekşirilmagan statistika va tarğibotni kuçaytiriş bilan erişiladi. 

Öz örnida Facebook Buyuk Britaniyaning sun'iy intellektdan foydalanuvçi texnologiyalarni işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi Bloomsbury AI kompaniyasini xarid qiliş uçun 30 million dollar sarflamoqçi.

Ma'lumot uçun, şu yilning 6 noyabr kuni AQŞning bir neçta ştatida Kongress va Senatdagi  örinlar uçun navbatdan taşqari saylovlar bölib ötadi.