Eron generali Donald Trampga: «Urushni boshlasang, biz uni yakunlaymiz»
Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi oliy qo‘mondoni, general Qosim Sulaymoniy AQSh prezidentining Tehronga yo‘naltirayotgan har qanday tahdidini o‘ziga bildirishini aytmoqda.
Reuters xabariga ko‘ra, general Sulaymoniy Donald Trampning tahdidlariga javob berish Eron prezidentining vazifasi emasligini bildirgan.
«Askar sifatida sening tahdidlaringga javob berish - mening zimmamdagi mas'uliyat. Agar tahdid qiluvchi ohangda murojaating bo‘lsa, menga gapir, prezidentimizga emas», deb generalning so‘zlaridan keltiradi Tasnim agentligi.
Sulaymoniyning so‘zlari Eron rahbariyati nomiga tinimsiz yo‘llanayotgan tahdidlarga qarshi bildirilgan.
«Biz sen xayolingga ham keltirmagan yaqinlikda turibmiz. Kel, biz tayyormiz. Agar urushni boshlasang, biz uni yakunlaymiz», degan general.
Mavzuga oid
09:19
Netanyahu BMTda Eronga Isroilning «qo‘li uzunligi» bilan tahdid qildi
20:34 / 27.09.2024
Zelenskiy Nyu Yorkda Tramp bilan uchrashdi
18:31 / 27.09.2024
“100 mln dollarlik gazning havoga uchishi to‘xtaydi” - AQSh kompaniyasi O‘zbekistonda gaz tarmoqlarini ta’mirlamoqda
22:34 / 26.09.2024