Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada Turkiya elchixonasi kotibasi yo‘qolib qoldi
Mexiko bosh prokuraturasi Turkiya elchixonasi kotibasining yo‘qolib qolganini tergov qilmoqda.
“29 yoshli, millati turk bo‘lgan ayolning yo‘qolgani haqidagi ariza bo‘yicha tergov boshlandi. Uning 2 iyuldan beri qayerdaligi noma'lum”, deb aytilgan xabarda.
Ayolning yo‘qolgani haqida Turkiya elchixonasi maslahatchisi bu haqda prokuraturaga xabar qilgandan keyin 25 iyulda ma'lum bo‘lgan. Ayol konsullikda 2-kotiba bo‘lib ishlagan. Elchixona xodimlari ma'lumotlariga ko‘ra, u 2 iyuldan 16 iyulgacha faqatgina elektron pochta orqali aloqaga chiqqan va hamkasblariga betobligi hamda shifoxonalarga borib yurgani haqida ma'lum qilgan.
Elchixona xodimlari xavotirlanib, uning uyiga 17 iyulda kelib xabar qoldirishgan. Biroq javob bo‘lmagan va faqatgina 23 iyulda uning elektron pochtasidan ichida hech qanday matn bo‘lmagan xat kelgan. Shundan keyin elchixona huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026