Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Trampni Moskvaga taklif qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh yetakchisi Donald Trampni Moskvaga taklif qildi, deya xabar beradi RIA Novosti.
Rossiya rahbari Trampning kelgusida uchrashuvlar o‘tkazish istagi borligini ma'lum qildi. «Men ham tayyorman», - dedi u JARdagi BRIKS sammiti yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar bilan aloqalar davom etmoqda va xalqaro darajadagi yangi uchrashuvlar yaqin orada yuz beradi. «Prezident Trampdagi katta plyus shundaki, u o‘z va'dalarini amalga oshirishga harakat qiladi, birinchi navbatda, saylovchilarga - Amerika xalqiga berilgan va'dalarni», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Putin Tramp bilan uchrashuvlar haqida gapirib, ularni foydali deb atagan. «Uchrashuvlarimizga kelsak, ular foydali, deb o‘ylayman», - deya aniqlik kiritdi u.
16 iyul kuni Xelsinkida AQSh va Rossiya prezidentlarining birinchi to‘liq shakldagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ular yopiq rejimda ikki soatdan ziyod suhbatlashdi. Ikkala rahbar ham muzokaralarni ijobiy baholadi.
Mavzuga oid
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
17:14 / 03.07.2026
Putinning reytingi yana pasaymoqda
19:04 / 30.06.2026