Jahon | 12:34 / 27.07.2018
25683
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada Ravon avtomobillari yana keskin qimmatlashdi

Foto: KUN.UZ

Rossiya bozorida taklif etilayotgan Ravon’ning to‘rtta modelidan uchtasi qimmatlashdi, deb yozmoqda «Rossiyskaya gazeta».

GM Uzbekistan vakolatxonasi R2 hetchbeki va Nexia sedaniga narxni 50 ming rublga (taxminan 790 dollar), Gentra sedaniga - 20 ming rublga (taxminan 310 AQSh dollari) oshirdi. Yana bir model - R4 - hozircha avvalgi bahoda taklif qilinmoqda.

Avtomatik transmissiyaga ega eng arzon avtomashina sifatida baholanuvchi Ravon R2 hetchbeki endi kamida 489 ming rublga ($7,700) sotilmoqda. Mashina top darajadagi komplektatsiyada 559 ming rubl ($8,800) qiymatida baholanmoqda.

Nexia’ni 499 000 - 599 000 rublga (7,9 ming - 9,5 ming dollar), R4’ni 529 000 - 659 000 ming rublga (8,4 ming - 10,4 ming dollar), Gentra’ni esa 569 000 - 699 000 ming rublga (9 ming - 11 ming dollar) xarid qilish mumkin.

Mart oyida Rossiyada Ravon’ning barcha avtomobillar qatori uchun narxlar 10- 30 ming rublga ko‘tarilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid