Jahon | 17:27 / 27.07.2018
4854
1 daqiqa o‘qiladi

Si Tszinpin BRIKS+ doirasida hamkorlikni rivojlantirishga chaqirdi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Nikolskiy

"Rivojlanayotgan davlatlarda vujudga kelayotgan bozorlar uchun umumiy chaqiriqlar qarshisida birdamlik va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish juda muhim. Shu munosabat bilan BRIKS+ hamkorligini kengaytirishni va barchamiz uchun manfaatli bo‘lgan hamkorlikni kuchaytirishni taklif qilaman", — dedi Si Tszinpin BRIKS rahbarlari uchrashuvida.

Uning aytishicha, BRIKS mexanizmi boshidanoq rivojlanayotgan davlatlar manfaatiga muvofiq kelgan.

"Aksariyat mamlakatlar BRIKS+ hamkorligi doirasida umumiy tarixiy tajribaga ega va o‘xshash darajadagi rivojlanishda. Bizning oldimizda millatlar va taraqqiyot yangilanishining umumiy vazifalari turibdi", — dedi u.

Xitoy rahbarining fikricha, BRIKS+ rivojlanishning yangi omillariga turtki bo‘lishi darkor.

"Biz rivojlanishning eski dvigatellarini yangilariga almashtirish uchun innovatsion taraqqiyot bilan shug‘ullanishda kuchlarimizni birlashtirishimiz lozim", — dedi u.

Mavzuga oid