Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp BRICS tugayotganini e’lon qildi
Oq uy rahbari BRICS a’zolariga qo‘shimcha bojlar bilan tahdid qilganidan so‘ng, ular bu tashkilotni tark etayotganini aytdi.
BRICS a’zolari AQSh ushbu davlatlarning barcha mahsulotlarga boj joriy etish tahdididan so‘ng birlashmadan chiqa boshladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.
«Men BRICS tashkilotiga qo‘shilmoqchi bo‘lganlarning barchasiga bu yaxshi ekanini aytdim, ammo biz mamlakatingizga bojlar joriy qilmoqchimiz, dedim. Shunda hamma chiqib keta boshladi. Ularning barchasi BRICS tashkilotini tark etmoqda. BRICS dollarga hujum edi. Shunda men: «Bu o‘yinni o‘ynashni xohlaysizmi? Men barcha mahsulotlaringizga boj joriy qilaman», dedim. Ular, aytganimdek, «BRICS tashkilotidan chiqamiz», dedi. BRICS esa, aftidan, bu haqda boshqa gapirmayapti ham», dedi Tramp Oq uyda Argentina prezidenti Xaviyer Miley bilan uchrashuvda.
Iyul oyi boshida Tramp BRICS tashkilotining «Amerikaga qarshi siyosatini» qo‘llab-quvvatlovchi har qanday davlatga nisbatan 10 foiz miqdorida qo‘shimcha savdo bojlari joriy etilishini aytgan edi.
BRICS dastlab beshta davlat: Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika birlashmasi edi. 2024 yildan boshlab birlashmaga ta’sischi davlatlardan tashqari Misr, BAA, Efiopiya, Eron, 2025 yil yanvaridan esa Indoneziya ham qo‘shildi. Belarus, Boliviya, Kuba, Qozog‘iston, Malayziya, Nigeriya, Tailand, Uganda, O‘zbekiston va Vetnam tashkilot bilan sheriklik maqomida hamkorlik qilmoqda.
BRICS yoki unga a’zo davlatlar tashkilotni tark etayotgani haqida rasman e’lon qilmadi.
Mavzuga oid
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
13:06 / 28.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida yana zarbalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026