19:06 / 27.07.2018
11917

Tramp Merkel bilan qo‘l berib so‘rashishni istamagan - OAV

Foto: REUTERS

Germaniya Mudofaa vazirligining rahbari Ursula fon der Lyayyen AQSh prezidenti Donald Trampning GFRga doimiy hujumlaridan norozi ekanini bildirdi. Bu haqda Spiegel yozmoqda.

Vazirning taxminicha, bu, Trampning ayollar bo‘yicha eski zamon tushunchalari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Fon der Lyayyenning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya kansleri Angela Merkel kabi ayollar butun dunyoda hurmat qilinadi va katta tajribaga egadir. Biroq, Tramp aftidan bunday ayollarni avval uchratmagan.

Vazirning qayd etishicha, Merkel Tramp hujumlariga obektiv tanqidlar bilan javob qaytardi.

«Avvaliga u (Tramp) Merkelga qo‘lini ham berishni istamadi. Endi u hurmat bilan munosabatda bo‘lmoqda, uni diqqat bilan tinglayapti», - deya ma'lum qildi fon der Lyayyen.

Mavzuga oid
Top