Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Osmono‘par shahar» paydo bo‘ladi
Toshkentda «Osmono‘par shahar» quriladi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi axborot xizmati.
Tadbirkorlar bilan 28 iyul kuni ochiq eshiklar kuni doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Toshkent shahar hokimi v.b. Jahongir Ortiqxo‘jayev taqdim etilgan loyihalarning 35 foizini tasdiqladi. Boshqa investorlarga muqobil uchastkalar va obektlar taklif etildi.
«Investitsiyalar uy-joy qurilishi, ijtimoiy va ishlab chiqarish obektlari, savdo-ko‘ngilochar majmualarga yo‘naltirilgan. Jami 591 million dollarlik 62ta loyiha taqdim etildi (ulardan 173 million dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar)», - deyiladi xabarda.
Loyihalardan biri - SF Global kompaniyasining Sky City («Osmono‘par shahar») binolar majmuasi. Loyihaga kiritilgan jami investitsiya miqdori 500 million dollarni tashkil etadi. Ushbu mablag‘larning yarmini sarmoyadorlar shaharni obodonlashtirishga investitsiya qilishga tayyor.
Katta maydonda 30-40 qavatli zamonaviy binolar majmuasini qurish rejalashtirilgan. Ulardan biri mehmonxona, beshtasi - ofis va oltitasi - turar-joy bo‘ladi.
Uchrashuvda qurilish uchastka yakuniy tasdiqlanganidan so‘ng besh oydan o‘tib boshlanishi haqida qaror qabul qilindi.
Mavzuga oid
11:35
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026