Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an AQSh Turkiyadek ittifoqdoshini yo‘qotishi mumkinligini aytdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh Turkiyadek ittifoqdoshini yo‘qotishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Haberturk nashri ma'lum qildi.
Erdo‘g‘an bu haqda Anqaraning amerikalik pastor Endryu Branson bo‘yicha pozitsiyasiga izoh berish vaqtida aytib o‘tdi.
“Menimcha, bu psixologik urush. Biz sanksiyalar sababli ortga chekinmaymiz. Biz Branson masalasida savdolashmaganmiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Turkiya yetakchisining aytishicha, AQSh yaqin ittifoqdoshini yo‘qotishi mumkinligini esdan chiqarmasligi kerak.
Erdo‘g‘an Anqara AQShdan Isroildan turk fuqarosi Ebru O‘zkanning qaytarilishida ko‘mak ko‘rsatishni so‘raganini eslab o‘tdi. “Ebru ozodlikka chiqarilgan, biroq uning pasporti musodara qilingan. Biz uning pasportini amerikaliklarga berib, uning Turkiyaga qaytarilishida yordam berish mumkinligi haqida so‘ragandik”, deb aytgan Erdo‘g‘an. Biroq uning aytishicha, Anqara bunga javoban Bransonni qaytarishini ta'kidlamagan.
Amerikalik pastor 2016 yil oktabrdan beri FETÖ tashkilotiga ko‘mak ko‘rsatish va Kurdiston ishchi partiyasini qo‘llab-quvvatlashdagi ayblovlar bo‘yicha Turkiya tomonidan ushlab turilibdi.
Oxirgi vaqtda pastorning taqdiri AQSh va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarning eng keskin masalalaridan biriga aylangan. 26 iyulda AQSh prezidenti Donald Tramp va vitse-prezidenti Mayk Pens agar Turkiya pastorni ozod qilish bo‘yicha zudlik bilan choralar ko‘rmasa, Anqaraga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar kiritilishi mumkinligini aytishgan.