Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyadagi orolda eshaklarni sayyohlardan himoya qilishmoqchi
Gretsiyaning Santorini orolida eshaklarni turistlarning qiynashlaridan himoyalashga qaror qilishdi.
Eshaklarning kun davomida ishlash vaqtiga cheklov o‘rnatildi hamda ularning mehnat sharoitlari yaxshilandi.
Turistlar orasida ommabop bo‘lgan bu orolga kruiz laynerlari tez-tez to‘xtab o‘tadi va ulardagi yo‘lovchilar oroldagi tepaliklarga ko‘tarilish uchun eshaklarni ijaraga olishadi.
Afinadan Santoriniga kelib, jonivorlarni muhofaza qilish xayriya tashkilotiga asos solgan Kristina Kaloudining aytib berishicha, keyingi 10 yil ichida Britaniya, AQSh va Rossiyadan keluvchi og‘ir vaznli sayyohlar soni ikki barobar oshgan.
«Eshaklardan yil bo‘yi foydalanishadi. Ular og‘ir sharoitda mehnat qiladi, ularga yetarlicha suv berishmaydi, usti yopiq joyga qo‘yishmaydi va dam olishiga ham imkon berishmaydi. Ular charchoqdan zo‘rg‘a nafas oladi», - dedi Kristina Kaloudi Metro gazetasiga bergan intervyusida.
Jonivorlarni himoya qiluvchilarning sa'y-harakatlari bilan eshaklar egalariga jonivorlarni belgilangan vaqtdan ortiq ijaraga bermaslik, ularni soya-salqin joyda saqlash va yetarlicha yem-xashak berish majburiyati yuklandi.
Mavzuga oid
08:22 / 06.06.2026
Ukraina Gretsiyaga diplomatik izoh berdi
14:21 / 05.02.2026
Gretsiyaning Egey dengizidagi oroli yaqinida 15 nafar migrant halok bo‘ldi
12:24 / 16.01.2026
Gretsiya dron hujumlaridan so‘ng Qora dengizdagi xatarlar haqida ogohlantirdi
14:44 / 05.01.2026