Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xazoraspda 118 yoshli onaxonga biometrik pasport topshirildi
Xorazm viloyatining Xazorasp tumani, Bahodir Matirzayev nomli mahallada istiqomat qiluvchi, 1900 yilda tavallud topgan Yoqutjon ona Raximovaga biometrik pasport topshirildi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tantanali tadbirda Xorazm viloyati va Xazorasp tumani IIB rahbariyati ishtirok etib, 118 yoshli onaxon va uning oilasiga sovg‘a-salomlarni topshirishdi.
«Ko‘rsatilayotgan bunday g‘amxo‘rlik uchun avvalambor davlatimiz rahbariga qolaversa, bu xayrli ishlarga bosh-qosh bo‘lib, jon kuydirib yurgan barcha mutasaddilarga, ayniqsa ichki ishlar boshqarmasi xodimlariga minnatdorchilik bildiraman, ularga sog‘liq tilab duo qilaman»,- dedi ikki asr silsilasining guvohi bo‘lgan tabarruk onaxon.
Xorazm viloyati IIB rahbariyati bundan buyon ham 100 yoshni qarshilagan va qarshilayotgan otaxon va onaxonlarga biometrik pasportlarini topshirish jarayonini tantanali tarzda o‘tkazishni maqsad qilib olgan.

Mavzuga oid
16:15 / 23.12.2025
Xorazmda tadbirkor undan ish so‘rab kelgan talaba qizga shilqimlik qildi
15:34 / 11.12.2025
Xorazmda “O‘zbekiston–Pokiston sanoat zonasi” tashkil etiladi
21:23 / 10.12.2025
Hyundai Rotem tezkor poyezdlarining ilk partiyasi O‘zbekistonga jo‘natildi
13:33 / 27.11.2025